16:17 / 27.12.2015
4208

Xitoyda 2 farzand ko‘rishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi imzolandi

Xitoy oilalariga ikki farzand ko‘rishga ijozat berilgani to‘g‘risidagi qonun loyihasi Xitoy xalq vakillari qo‘mitasi vakillari tomonidan tasdiqlangan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatdi.

"Davlat xitoyliklar oilalariga 2 farzandga ega bo‘lish uchun ruxsat beradi", deyiladi xabarda.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, bu qonun 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

Bundan oldinroq, xitoylik juftliklar ikkinchi farzandni o‘stirishning iqtisodiy zaruratlarini hisobga olgan holda, buni istashmayotgani haqida xabar qilingandi.

Top