19:53 / 27.12.2015
3734

Xitoyda mamlakat tarixida ilk marotaba terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Butunxitoy xalq vakillari kengashi (BXVK) Doimiy qo‘mitasi Xitoy tarixida birinchi marta terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. 159 nafar deputatning barchasi ushbu hujjatni yoqlab ovoz berdi.

“Qonun terrorizmga qarshi kurash sohasida qonunchilikning ijrosi va fuqarolarning qonuniy manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni topishga chaqiradi”, - deya ma'lum qildi jamoat xavfsizligi va terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha BXVK qo‘mitasi rahbari An Veysin.

Qonunning alohida bo‘limi internetdagi xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lib, telefon va internet-aloqa provayderlariga Xitoy hukumatiga shifrlangan ma'lumotlar kodlarini taqdim etish, tegishli mahkamalarga foydalanuvchilar parollarini berish majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, normativ-huquqiy akt telekommunikatsiya kompaniyalariga foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari saqlanayotgan serverlar va boshqa qurilmalarni Xitoy hududiga joylashtirishga majburlaydi.

Top