10:47 / 27.12.2015
4157

Xitoydagi buzilgan shaxta egasi o‘z joniga qasd qildi

Xitoy sharqidagi qulab tushgan gips qazib olinuvchi shaxta xo‘jayini o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Bu shaxta konchilari bo‘lgan 17 kishining taqdiri hanuzgacha noma'lum.

Qayd etilishicha, shaxta egasi davlat qonunlarining qattiqqo‘lligi o‘zini o‘ldirishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlab bermagan rahbarlar Xitoyda qattiq jazo olishlari ko‘p marta kuzatiladi.

Bundan oldinroq, Xitoyda shaxta buzilishi oqibatida 18 kishi vayronalar ostida qolgani haqida xabar qilingandi.

Qutqaruvchilar ulardan birining jasadini chiqarib olishgan.

Top