19:23 / 28.12.2015
2409

Angola terma jamoasi murabbiyi ishga sababsiz chiqmagani uchun ishdan bo‘shatildi

Angola terma jamoasi bosh murabbiyi Romeu Filemon Rojdestvo ta'tillari vaqtida ishga chiqmagani uchun, progul qilishda ayblanib, ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Murabbiyning o‘zi esa ishdan bo‘shatilishi sababini boshqacha keltirgan. U o‘ziga 8 oydan beri maosh to‘lanmagani haqida aytgan. Shunga qaramasdan u bayramni o‘tkazib, Luanda shahridagi jamoa qarorgrhiga kelgan. Lekin Angola futbol federatsiyasi undan qutilishni istagan.

Ayni vaqtda terma jamoa Afrika millatlar kubogi turniriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Murabbiy yaqin vaqtlar ichida matbuot anjumani tashkil etib, vaziyat yuzasidan izoh berishini bildirgan.

Filemon 2014 yilning fevralidan buyon Angola terma jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, Angola terma jamoasi JAR termasidan yengilgach, Rossiyada o‘tkaziladigan 2018 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lgandi.

Top