18:46 / 28.12.2015
13937

Avtomobil olami: 2015 yil yakunlari raqamlarda

Avtomobilsozlik olamidagi yakunlarni bir yil davomida kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Quyida ushbu yilda avtomobil olamida jaranglagan eng asosiy raqamlarni hamda ular bilan bog‘liq faktlarni keltiramiz.

1

Rolls-Royce kompaniyasi old himoya yostiqlaridagi nuqson bois Ghost sedanining bor-yo‘g‘i bir nusxasini sozlash uchun qaytarib oldi. Muammo 2014 yilda chiqqan mashinada aniqlandi. 2011 yilda kompaniya biryo‘la 600 Ghost’ni egalariga sozlab bergan edi; ulardagi nuqson o‘t chiqishiga olib kelishi mumkin edi.

7.5 sm

Britaniyalik Alister Moffattga Fiat 500ni boshqariladigan uyumda parkovka qilishiga mana shuncha joy talab etildi. Bu bilan u xitoylik Xan Yuening rekordini yangiladi.
67. 2015 yilda Land Rover Defender yo‘ltanlamasi 67 yoshga to‘ldi. Bundan tashqari, 2015 uning mumtoz namunalari chiqarilgan oxirgi yil bo‘ldi. Yakuniy seriya mashinalaridan biri kim oshdi savdosida yarim mln yevroga sotib yuborildi.

30

2015 yilning 14 dekabridan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan GM Uzbekistan avtomobillari uchun belgilangan narxlar oshirildi. Bunda avtomobillar narxi o‘rtacha 30 foizgacha ko‘tarildi.

61 000

2015 yil boshida yalpi byornautda ishtirok etgan mashinalarning umumiy quvvati 61 ming ot kuchidan oshib ketdi. Kanberra shahrida buning sharofati bilan yuzlab avtomobillar to‘plandi. 2013 yilda bunday tadbirga 69 mashina kelgan edi.

90 000

Model S elektrokarlarining 90 ming nusxasi 2015 yilda xavfsizlik kamari bilan bog‘liq muammo tufayli qaytarib olindi. Bu son amalda mashinaning mavjud barcha nusxalari demakdir. Tesla xavfsizlik kamarining yechilib ketgani haqida faqat bitta murojaat oldi, shunga qaramay, o‘z tarixidagi eng yirik servis kampaniyasini o‘tkazdi.

170 000

2015 yilda namoyish etilgan Bentley Bentayga krossoverining bitta optsiyasi narxi 170 ming dollarni tashkil qildi. Bu Shveytsariyaning avtomatik ishlash uchun individual elektromotorga ega Breitling Tourbillion soatidir. Soatni yechib olib ketish ham mumkin.

514 000

“AvtoVAZ”ning yangi Lada Vesta sedanining narxi 514 ming rublni tashkil qildi. Model 106 ot kuchiga ega dvigatel, old oynalarni ko‘taruvchi motorchalar, ABS, barqarorlashtirish tizimi, xavfsizlik yostig‘i va rul elektr kuchaytirgichi bilan ta'minlangan.

766 498

Yevropa biznesi uyushmasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Rossiya ichki bozorida sotilgan yangi avtomobillar soni 2015 yilda 766 498 mashinaga tushib ketdi. O‘tgan yil ko‘rsatkichlariga nisbatan tushish – 34.52 foiz. 11 oy ichida Rossiyada 1 454 253, bir yil muqaddam esa 2 220 751 avtomobil sotilgan.

1 300 000

2015 yilda chiqarilgan McLaren P1 giperkarining narxi 1.3 mln dollarni tashkil qildi. Mashinalarning har biri 75 foizga MSO’ni shaxsiylashtirish dasturi doirasida qayta ishlab chiqildi. Kompaniya ma'lumotlariga qaraganda, dunyoda ikkita bir xil McLaren P1 mavjud emas.

28 000 000

RM Auctions kim oshdi savdosida 1956 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 290 MM mashinasi 28 mln dollarga sotildi. Bu mashina qariyb 60 yil oldin Formula-1ning besh karra chempioni Xuan-Manuel Fanxio uchun ishlab chiqilgan edi. Bu mashinada chempion ming mil masofaga mo‘ljallangan Mille Miglia poygasida ishtirok etib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. U ayni paytda dunyoning eng qimmat ikkinchi mashinasi bo‘ldi – birinchi natija 2014 yilda Bonhams kim oshdi savdosida 38.115 mln dollarga sotilgan 1962 yilgi Ferrari 250 GTO Berlinetta’ga tegishlidir.

1 000 000 000

Toyota sun'iy ong yaratish ishlariga 1 mlrd dollar sarflaydi, deb ma'lum qildi kompaniya prezidenti Akio Toyoda 2015 yil noyabrida. Bu mablag‘ yangi tadqiqot markazi qurilishiga yo‘naltiriladi. TRI loyihasining asosiy maqsadi sun'iy ong yordamida avtomobil xavfsizligini oshirishdir.

18 000 000 000

18 mlrd dollar – bunday miqdordagi jarimani Volkswagen AQShdagi mashinalariga havo ifloslantirish ko‘rsatkichlarini pasaytirib ko‘rsatuvchi moslamalarni o‘rnatgani uchun to‘lashi mumkin edi. Shu yil kuzida ekologlar konsernning ushbu qallobligini fosh etdi. Bunda 2 l li dizel motorlari ajratadigan azot oksidlari darajasi sun'iy ravishda pasaytirilgani aniqlandi. Keyinchalik bu holat konsernning boshqa mashinalarida ham qayd qilindi.

49 000 000 000

2015 yil reytingida Toyota brendi Interbrand agentligi ekspertlari tarafidan 49 mlrd dollarga baholandi. Firma ikkinchi yil ketma-ket bu borada birinchilikni olishi. Millward Brown kompaniyasi versiyasiga ishonadigan bo‘lsak, markaning 2015 yildagi narxi 29 mlrd dollarni tashkil qiladi. Ammo bu reytingda ham Toyota uch yildan buyon eng qimmat avtobrend sifatida tan olinmoqda.

Top