17:45 / 28.12.2015
2987

Intel “buyumlar interneti” bozoridagi eng nufuzli kompaniya deb topildi

Mikrochiplar ishlab chiqaruvchi Intel kompaniyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things, IoT) bozorining eng nufuzli ishtirokchisi deb tan olindi. IoT Analytics mutaxassislari ushbu texnologiyalar bilan bog‘liq brendlarning veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda tilga olinishi miqdorini hisoblab chiqib, shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot 2015 yilning ikkinchi yarmi ko‘rsatkichlariga asoslanadi.

IoT Analytics ma'lumotlariga qaraganda, sohaning eng ko‘zga ko‘ringan kompaniyalari AQShda joylashgandir: Intel’dan keyingi o‘rinlarni IBM, Microsoft, Google va Cisco egallagan. 9 va 10-o‘rinlarda Samsung va LG korporatsiyalari joylashdi, deb xabar beradi Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi.

Yaponiyaning NEC kompaniyasi ro‘yxatning 16-pog‘onasini band qildi. Xitoyning Huawei kompaniyasiga 18-o‘rin nasib qildi.
Ma'lumot uchun, “buyumlar interneti” barcha moddiy obektlarning tarmoqqa ulanib, bir-birini identifikatsiya qilishini, shu yo‘l bilan har qanday ishni qulaylashtirishni ko‘zda tutadigan konsepsiyadir.

Top