10:21 / 28.12.2015
2916

Kobul aeroporti yaqinidagi portlashdan bir kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri aeroporti yaqinida bugun, 28 dekabr tongida portlash sodir bo‘lishi natijasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar tarqatmoqda Assoshieyted Press mahalliy hukumat ma'lumotiga asoslangan holda.

Mamlakat Ichki ishlari vaziri Sodiq Siddiqiy so‘zlariga ko‘ra, portlash natijasida yana to‘rt kishi jarohat olgan.
Frans Press agentligining keltirishicha, avtomobilga joylashtirilgan portlovchi uskuna harakatga keltirilgan. Dastlabki ma'lumotlar hujum nishoni xorijiy harbiy kuchlarning kolonnasi bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Top