16:45 / 28.12.2015
3985

«Manchester Siti» Messiga yiliga 27 mln yevro maosh to‘lashga tayyorligini bildirdi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yetakchisi Lionel Messiga yiliga 27 million yevro berishga tayyor. Sport.es nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, xuddi shunday narxdagi shartnoma argentinalik futbolchiga taklif qilinadi.

Manbaning yozishicha, manchesterliklar xo‘jayini shayx Mansurning shaxsan o‘zi klubga bu borada ko‘rsatma bergan.

Shuningdek, xabarda qayd qilinishicha, «shaharliklar» 28 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olmagunlariga qadar «Barselona» bilan muzokara boshlashni istashmayapti. Shu bilan birga kataloniyalik argentinalik futbolchining «Barselona»dan ketmasligiga ishonchi komil bo‘lib turibdi.

Ma'lumot uchun, Messining amaldagi shartnomasiga ko‘ra yillik maoshi 20 million yevroni tashkil qiladi.

Top