15:56 / 28.12.2015
3072

Qozog‘iston hukumati Toni Blerni xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qilmoqchi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler Qozog‘iston hukumatining xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda 28 dekabr kuni mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Yerbo‘lat Do‘sayev ma'lumot berdi.

“Bugun biz xususiylashtirish sohasida katta tajribaga ega xalqaro kompaniyalarni ishga jalb qilish g‘oyasini ilgari surmoqdamiz, - ma'lum qildi u. – Hozircha short-listga bir nechta kompaniya kirdi: bu, birinchi navbatda, “Makkenzi”, “Boston konsalting grupp”dan ham takliflar bor; bu ishda xalqaro moliyaviy institutlar ishtirok etadi, birinchi navbatda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Jahon bankining bo‘linmasi, qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Toni Blerga tegishli bir qancha kompaniyalar ishga jalb qilinsa kerak”.

Top