17:58 / 28.12.2015
9886

Samarqand shahridagi 55-maktabda “Yangi yil karnavali” deb nomlangan teatrlashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi 55-maktabda “Yangi yil karnavali” deb nomlangan teatrlashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahar Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi (MADOM) hamda Samarqand shahar 55-son umumta'lim maktabi hamkorlikda “Yangi yil karnavali” deb nomlangan teatrlashtirilgan tomoshasiga barcha badiiy havaskorlik jamoalari katta tayyorgarlik ko‘rdilar. Ushbu karnaval musiqali drama ko‘rinishida talqin qilingani sababli tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Ertak qahramonlari “Buratino” nomli namunali bolalar badiiy qo‘g‘irchoq jamoasi a'zolari tomonidan ijro qilindi. Yosh iste'dod egalari ijro qilgan qizcha – Mohigul Botirova, Muxlisa Sattarova; quyoncha – Farzona Fayzullayeva; tulkicha – Sevinch Ergasheva; bri – Saidolim Saidrizayev; ayiqcha – Shahzoda Qarshiyeva, Muxlisa Sattarova; yalmog‘iz – Iroda Xatamova; qorqiz – Shahrizoda Aliyeva; qorbobo – Ochil Jumanazarov; maymuncha – Shahzoda Saidrizayeva va Yangi yil – Maftuna Mirzayeva ijro qilgan ertak qahramonlarni tomoshaga kelgan teatr ixlosmandlari o‘zoq davom etgan karsaklar bilan kutib oldilar.

Ushbu tomoshada Amir Temur MADOM qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Raqs” jamoasi (xoreograf – Yodgora Narzullayeva) va “Afrosiyob” vokal-cholg‘u guruhi (badiiy rahbari – Salohiddin Oripov) hamda xonanda Sherzod Tursunov va 55-son umum ta'lim maktabi o‘quvchisi Bobur Muhiddinovlar o‘z dasturlari bilan ishtirok etdilar.

Top