15:05 / 28.12.2015
2734

Suriyaning Homs shahrida uchta portlash yuz berishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Homs shahrida amalga oshirilgan navbatdagi teraktlar tufayli kamida 30 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sputnik agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, shaharning uchta nuqtasida portlashlar yuz bergan.

Hodisa talofatlari haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

12 dekabr kuni jangarilar Homs shahridagi shifoxona binosi oldida avtomobil portlatishi tufayli 22 kishi halok bo‘lgandi. Bu terakt uchun IShID javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Top