09:20 / 28.12.2015
3675

Xavi: Mourinoning o‘yin falsafasi - o‘z o‘yin uslubingdan voz kechish demakdir

«Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubida o‘ynayotgan Xavi Joze Mourinoning o‘yin falsafasi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Mourino hamisha qanday qilib bo‘lmasin g‘alaba qozonishni istardi. Men bu falsafani hurmat qilaman, ammo har qanday yo‘l bilan g‘alaba qozonish — o‘z o‘yin uslubingdan voz kechish demakdir.

Menimcha, maqsad hamisha vositani oqlamaydi. Men Mourinoni hurmat qilaman, u ko‘p yutuqlarga erishgan. Lekin men futbolni unga nisbatan boshqacharoq tushunaman», — deydi Xavi.

Top