17:11 / 28.12.2015
5821

Yakkasaroyda chet elga ishga yuborish bahonasida odamlardan pul undirayotgan firibgarlar qo‘lga olindi

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida chet elga ishga yuborish bahonasida odamlardan pul undirayotgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, Suxrob Ramazonov va Bobojon Ortiqov ismli shaxslar Rossiyaga ishlagani ketish imkoniyatini qidirib yurgan. Shunday paytda ularning yo‘lidan Munira Ro‘zmetova va Botir O‘rinovlar chiqib qolgan.

Qalloblar hozir Rossiyada tayinli ish yo‘qligini aytib, yigitlarni Turkiyaga yuborishlarini va u yerdan ish topib bera olishlarini ma'lum qilishgan. Lekin buning evaziga har biridan ming dollardan so‘rashgan.

Bundan shubhalangan yigitlar tegishli idoralarga arz qilgan. Firibgarlar pulni olayotganida qo‘lga tushirilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top