11:16 / 29.12.2015
6193

Alisher Usmonov Alibaba Group`dagi ulushini sotishga qaror qildi

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Xitoyning Alibaba Group internet-reteyleridagi o‘z ulushini sotishga qaror qildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

«Bizning Xitoydagi barcha aktivlarimizni strategik va moliyaviy qismlarga ajratish mumkin, — dedi Usmonov dushanba, 28 dekabr kuni «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida. — Biz yuqori darajadagi kompaniyalardanmiz. Biz dastlabki investitsiyani besh-olti marotabaga oshirdik».

Usmonov Alibaba`dagi ulushiga 2011 yilda Yuriya Milnerning DST Global fondi orqali ega chiqqan edi. Tadbirkorning Alibaba Group`dagi ulushini sotayotganini Bloomberg agentligiga Usmonovning vakili ham tasdiqlagan.

Alisher Usmonov o‘z intervyusida Hindiston bozoriga sarmoya kiritmoqchiligini ham ma'lum qilib o‘tgan. «Bir vaqtning o‘zida biz Hindiston bozorida sinov sarmoyasini amalga oshirib ko‘ramiz, — dedi u. — Biz ushbu bozor va ushbu iqtisodiyotning o‘sishiga ishonamiz. Aminmanki, mazkur loyihalarda bizni muvaffaqiyatlar kutmoqda».

 

Top