00:58 / 29.12.2015
4170

Angliya Premer-ligasi, 19-tur: “Arsenal” “Bornmut”ni yutib 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “MYu” va “Chelsi” durang o‘ynadi

Angliya Premer-ligasining 19-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ni 2:0 hisobida yutdi. To‘plarni Gabriel Paulista va Mesut Ozil kiritdilar.

“Arsenal” ushbu g‘alaba evaziga “Lester Siti”dan o‘tib, musobaqa jadvaliga peshqadamlik qilmoqda: “kanonirlar” hisobida 39 ochko bor, “tulkilar” esa bir ochko ortda qolishmoqda, biroq ularda bitta o‘yin zaxirada bor.

Angliya Premer-ligasi, 19- tur

Arsenal – Bornmut – 2:0
Gollar: Paulista, 27 (1:0); Ozil, 63 (2:0).

“Manchester Yunayted” va “Chelsi” o‘rtasidagi uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang natija qayd qilindi.

“MYu” 30 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallamoqda va yetakchi “Arsenal”dan 9 ochko ortda qolmoqda. “Chelsi” esa 20 ochko bilan 14-o‘rinni egallamoqda.

Manchester Yunayted – Chelsi – 0:0

Yana bir uchrashuvda “Vest Xem” “Sautgempton”ni mag‘lub etdi. Londonda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobi bilan yakunlandi.

Vest Xem Yunayted – Sautgempton – 2:1
Gollar: Jyenkinson, 13 (0:1, avtogol); Antonio, 69 (1:1); Kerroll, 79 (2:1).

Top