11:20 / 29.12.2015
2632

AQShda noqulay ob-havo tufayli 2,5 mingdan ortiq reys bekor qilindi

AQShda kuchli qor bo‘ronlari va izg‘irinlar tufayli 2,5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi va 4,5 mingdan ortig‘i qoldirildi. Bu haqda USA Today nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, 27 dekabr kuni ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli 1600dan ortiq reys bekor qilingandi.

AirLive nashri ma'lumotiga ko‘ra, Chikago aeroportining o‘zida 1 ming aviareys ushlanib qolgan.

Qo‘shma shtatlarning janubi-sharqiy hududlarida 27 dekabr kunidan buyon tornado va suv toshqinlari yuz bermoqda. Mamlakatning shimoli-g‘arbida esa kuchli qor bo‘ronlari boshlangan.

Bundan oldinroq, AQShdagi tornado va suv toshqinlari qurbonlari soni 40 nafardan oshgani xabar qilingandi.

Top