08:35 / 29.12.2015
4882

BMW kompaniyasi kelajak avtomobillari uchun interer yaratdi

BMW kompaniyasi yanvar boshida Las-Vegasda iste'molchilik ko‘rgazmasida namoyish qilinadigan yangi prototipining ilk suratlarini chop etdi. Kontsept-kar o‘zida kelajak avtomobillari intereri qanday ko‘rinish olishi mumkinligini aks ettiradi.

Vision Car deb nom olgan prototipning o‘ziga xos muhim jihatlaridan biri imo-isholarni anglash AirTouch uch fazoli tizimi bo‘lib, uning yordamida navigator, ko‘ngilochar majmua va aloqa funksiyalarini boshqarish mumkin.

Imo-ishoralarni anglaydigan sensorlar mashinaning asboblar panelida o‘rnatilgan. Haydovchi yoki yo‘lovchi multimedia tizimi funksiyalarini boshqarishi uchun qo‘lini markaziy konsol va salondagi orqa ko‘rinish oynasi o‘rtasidagi sohaga olib kelishi yetarli bo‘ladi.

Qo‘llar harakati yordamida menyudagi sahifalarni varaqlash va menyuosti bandini tanlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, prototip uyoki bu funksiyani tanlashga imkon beruvchi qo‘shimcha tizim bilan jihozlangan. Rul chambari va o‘ng old eshikdagi tirsak qo‘ygich biror rejimni ularga bosish orqali tanlash imkonini beradi. Agar tizim ayni lahzada tanlovni amalga oshirishga imkon bersa, rul chambari va tirsak qo‘ygich yorug‘lanib turadi.

Imo-ishoralar bilan boshqarish tizimi BMW’ning seriyali avtomobillarida ham mavjud. Bunday funksiya bilan oxirgi avloddagi 7-Series sedani jihozlangan. Mashinada qo‘l harakati bilan musiqa ovozini o‘zgartirish, kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish yoki navigatordagi yo‘nalishni tasdiqlash mumkin. Ayni paytda sedanning bort elektronikasi 5 ta imo-ishorani anglay oladi.

Top