17:13 / 29.12.2015
5146

Erdo‘g‘an Demirtoshning mustaqil Kurdiston haqidagi so‘zlarini “provokatsiya” deb baholadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kurdparast Demokratlar partiyasi rahbari Salohiddin Demirtoshning yaqinda matbuotda shovshuvga sabab bo‘lgan bayonotini “provokatsiyadan boshqa narsa emas” deb baholadi.

Diyorbakrda demokratik jamiyat kongressi tomonidan tashkil etilgan konferensiya chog‘ida Salohiddin Demirtosh keyingi ming yillikda Kurdiston mustaqil davlatga aylanishi mumkinligini aytib o‘tgan edi. Bundan tashqari, Demirtosh kurd muammosining siyosiy yechimini taklif qiladigan, kurdlar istiqomat qiladigan aholi joylarda muxtor boshqaruv tizimini joriy qilishni ko‘zda tutadigan deklaratsiya qabul qilinishini yoqlab chiqdi.

“Yetakchining so‘zlari – safsata, provokatsiya va xiyonat”, - dedi Erdo‘g‘an.
“Xalq va qonun partiyaga dars berib qo‘yadi”, - qo‘shimcha qildi prezident.

Top