23:13 / 29.12.2015
2717

"Genchlerbirligi" jamoasi mavsumda beshinchi marta bosh murabbiyni ishdan bo‘shatdi

Turkiyaning "Genchlerbirligi" jamoasi bosh murabbiy Yilmaz Vuralni iste'foga chiqardi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, u rahbariyatdan jamoani qishki transferlar vaqtida kuchaytirishni so‘ragani uchun ishdan ketgan.

Vural joriy mavsumning o‘zida "Genchlerbirligi" jamoasiga tayinlangan murabbiylarning beshinchisi edi. U jamoada 6 kun o‘tkazdi va bu kunlar davomida ichki chempionatda "Eskishehirspor" jamoasiga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yinda jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajardi.

Ayni vaqtda "Genchlerbirligi" Turkiya Superligasining 17-turidan keyin 13 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 16-o‘rinda joylashgan.

Qayd etilishicha, 1981 yildan beri egalik qiladigan prezident shu vaqtgacha 51 marta murabbiy almashtirgan.

Top