12:14 / 29.12.2015
2632

"MYu" 2015 yil davomida 64 ochko ishlab, 25 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi

"Manchester Yunayted" klubi 28 dekabr kuni APLning 19-turi doirasida o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilib, 0:0 hisobida durang qayd etgach, 2015 yil davomida to‘plagan ochkolari sonini 64taga yetkazdi.

Shu tariqa, "qizil iblislar" keyingi 25 yil ichida 1 kalendar yili davomida kam ochko to‘plash bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi.

Jamoa bundan yomonroq natijani 1990 yilda qayd etgandi. O‘shanda "Manchester Yunayted" yil davomida 58 ochko jamg‘argan edi.

Top