16:43 / 29.12.2015
9394

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi

Adliya vazirining 22 dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi tartibga ko‘ra, ijaraga berilayotgan mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mulk bo‘lsa, notarius shu kunning o‘zida tegishli notarial idoradan ushbu mulkning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmagani va xatlanmaganligi haqidagi ma'lumotnomani olishi lozim. Bunda ushbu ma'lumotnoma olinganligi uchun to‘lov undirish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, mulk huquqi fuqarolarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishi ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius talab qiladigan hujjatlar ro‘yxati keltirildi.

Bularga ko‘chmas mulk obektining kadastr yig‘majildi, ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma'lumotnoma yoki uy daftaridan ko‘chirma hamda doimiy propiska qilingan shaxslarning roziligi kiradi.

Top