20:51 / 29.12.2015
4867

OAVlar Coca-Cola’ni semirish sabablarini o‘rgangan ekspertlarni sotib olishda aybladilar

Semirish shirin gazlangan ichimlik emas, balki kamharakatlik oqibatida kelib chiqishini aytgan, ovqatlanish bo‘yicha ekspert, professor Jyeyms Xillga Coca-Cola kompaniyasi tomonidan pora berilgan. Ekspert bu bayonoti uchun 550 ming dollar olgan.

Bu holatni fosh qiluvchi maqola Independent gazetasida chop etildi.

Xill semirishning paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganuvchi Global Energy Balance Network (GEBN) notijorat tashkilotini tuzishda Coca-Cola bilan til biriktirgan.

Tashkilotning faoliyati ovqatlanish bo‘yicha ekspertlarning keskin tanqidiga uchragan. GEBN’ning Coca-Cola bilan aloqasi ekspertlardan biri tergov o‘tkazib, tashkilotning moliyalashtirilishi manbasini aniqlashni talab qilmaguncha uzoq vaqt davomida noma'lum qolgan.

Bundan tashqari, Xill semirishga noto‘g‘ri ovqatlanish emas, balki kam harakat turmush tarzi asosiy sabab ekanligi aytilgan bir qator anjumanlar tashkil etgan.

Coca-Cola vakilining ta'kidlashicha, kompaniya olimga tadqiqotni o‘tkazish va safarlarga ketgan xarajatlarini qoplash maqsadida pul bergan.

Top