13:57 / 29.12.2015
3863

Obama va Klinton AQShning eng hurmatli shaxslariga aylandi

AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama hamda uning o‘rniga asosiy da'vogar Hillari Klinton 2015 yilning eng hurmatli odamlari deya e'tirof etildi. Bu Gallup kompaniyasining 2015 yil yakunlariga ko‘ra o‘tkazgan so‘rovnomasi natijalaridan ma'lum bo‘ldi.

Obama ro‘yxatda 17 foiz ovoz olgan. Rim papasi Frantsisk va prezidentlikka nomzod, milliarder Donald Tramp 5 foizdan ovoz to‘plashdi.
Ayollar ro‘yxatida esa birinchi o‘rin Hillari Klintonga nasib qildi.
1948 yildan buyon o‘tkazilayotgan so‘rovnomada Klinton xonim Eleonor Ruzvelt, Margaret Tetcher, Jaklin Kennedi, Tereza ona va Golda Meyrlardan ancha oldinda bormoqda: u 14-marta ketma-ket birinchilikni egallashi, umumiy hisobda esa bunday natijaga 20 marta erishgan.

Top