17:42 / 29.12.2015
2568

Pokistonda terakt tufayli 12 kishi halok bo‘ldi

Kamida 12 kishi Pokiston shimolidagi kuchli portlash tufayli halok bo‘ldi. Tanasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirgan jangari orqali amalga oshirilgan bu terakt tufayli yana o‘nlab kishilar tan jarohatlari olishgan.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, jangari hukumat binosi eshigi oldida o‘zini politsiya xodimlari to‘xtatishga uringan vaqtda portlatib yuborgan.

Yana bir manbaning yozishicha, u binoga bomba o‘rnatilgan mototsiklda kirib kelgani aytilgan.

Bu Pokistonda o‘tgan yilning dekabrida Peshavordagi maktabga uyushtirilgan hujumdan keyingi ikkinchi yirik terakt sifatida baholanmoqda. O‘tgan yilgi terakt tufayli 130 nafarga yaqin kishi halok bo‘lgandi. O‘shanda bu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olgan "Tolibon" jangarilari bu harakat Pokiston armiyasining tolibonlarga qarshi harakatlariga javob sifatida amalga oshirilganini bildirgandi.

Top