19:25 / 29.12.2015
16282

Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlari stavkalari unifikatsiya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Byudjyetining 2016 yilgi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Respublika yo‘l jamg‘armasiga avtotransport vositalari xarid qilish va O‘zbekiston hududiga olib kirish uchun yig‘imlar stavkalari o‘zgartirildi.

Norma.uz saytining yozishicha, ma'muriy boshqaruv va yig‘imlarni to‘plashni osonlashtirish maqsadida ekspluatatsiyada bo‘lgan avtotransport vositalari bo‘yicha advalor stavkalar bekor qilingan, shuningdek, faqat yangi avtotransport vositalari xarid qilinganda undiriladigan 3 foizlik yagona advalor stavka belgilab berilgan.

Ya'ni, yangi avtomobillar uchun qiymatidan yo‘l fondiga ajratma 3 foizligicha qolgan (ot kuchiga nisbatan kriteriya bekor bo‘lgan).

Eski avtomobilni sotib olishda yiliga qarab yo‘l fondiga to‘lov ot kuchiga nisbatan +1%/+2%/+1% ko‘paygan.

Ma'lumot uchun, ilgari 3 foizlik yo‘l fondiga to‘lov O‘zbekiston, Ukraina va Rossiya avtomashinalari uchungina edi, endi qayerda ishlab chiqarilganidan qat'i nazar. Boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ilgari yo‘l fondiga to‘lov 6 foiz edi.

Shu bilan bir paytda mototransport bo‘yicha yig‘imlar joriy etildi.

Top