22:36 / 29.12.2015
3665

Samsung 8-dyuymli yangi Galaxy Tab SM-T375S planshetini tayyorlamoqda

Internetda Samsung kompaniyasi Galaxy Tab seriyasidagi yangi planshet ustida ish olib borayotganining tasdig‘i paydo bo‘ldi.

Hindistonda eksport-import operatsiyalarini kuzatuvchi Zauba sayti evaziga yangi planshetning ekrani o‘lchami diagonal bo‘yicha 8 dyuym bo‘lishi ma'lum bo‘ldi.

Planshetning ikkita nusxasi Hindistonga 7 dekabrda sinash va baholash uchun yetkazilgan. Deklaratsiyada planshetning narxi 103 dollarligi ko‘rsatilgan. Hujjatda ta'kidlanishicha, Samsung SM-T375S sinovdan o‘tgandan keyin buzib tashlanadi.

Planshet Bluetooth SIG va Wi-Fi Alliance’dan muvaffaqiyatli sertifikatlashtirishdan o‘tganidan keyin Samsung planshetni rasman taqdim qilishi uchun bir necha qadamlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Top