Saudiya Arabistoni hukumati ma'muriyati shahzoda Muhammad ibn Navaf ibn Abdulazizning vafot etgani haqida ma'lum qildi.
62 yoshli shahzoda Saudiya Arabistoni qirolligi taxti vorislaridan biri sanalar edi.
U diplomat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan, o‘z vaqtida Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida ishlagandi. U oxirgi marta qirollikning Italiyadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Marhumdan 5 farzand qolgan. U o‘ta hashamatli hayot kechirishi orqali tanilgan edi. U turkiyalik kemachilar tomonidan tayyorlangan ulkan yaxtalar egasi sifatida ham mashhur edi.