11:33 / 29.12.2015
15779

Toshkent IIBBga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Adham Ahmedbayevning 2015 yil, 25 dekabridagi buyrug‘iga ko‘ra Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Qurbonov Bahodir Nizomovich tayinlandi.

Bahodir Qurbonov 2013 yilning dekabridan buyon Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U yangi lavozimida Mirsamad Odilovni almashtirdi.

Top