15:11 / 30.12.2015
2935

Atambayev: Qirg‘iziston 2016 yilga oldingidan barqarorroq bo‘lib kirmoqda

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Jo‘qorg‘i Kengash to‘rog‘asi (rahbari) Asilbek Jeenbekov, bosh vazir Temir Sariyev va Oliy sud raisi Aynash To‘qboyevalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezident matbuot xizmati bergan ma'lumotga qaraganda, uchrashuvda 2015 yil yakunlari va keyingi yil rejalari muhokama qilingan. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

“O‘tayotgan yil mamlakat uchun muhim voqealar hamda jahon va mintaqa iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan murakkab jarayonlarga boy bo‘ldi, - dedi Atambayev uchrashuv chog‘ida. – Qirg‘iziston barqarorligini ko‘rsata oldi va 2016 yilga yanada barqaror va mustahkam bo‘lib kirmoqda.

Asosiy yutuqlardan biri sifatida Jo‘qorg‘i Kengashga halol va transparent saylovlarning o‘tkazilganini aytish mumkin, uning yakunlari xalq va ishtirokchilar tomonidan tan olindi hamda xalqaro kuzatuvchilar va demokratik institutlar tomonidan yuqori baholandi”.

Top