15:23 / 30.12.2015
4741

Bekobodda pulni naqdlashtirib berish bilan shug‘ullangan dorixonachi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida pulni naqdlashtirib berish bilan shug‘ullanib kelgan veterinariya dorixonasi xo‘jayini qo‘lga olindi. Bu haqda “Na postu” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Mansur ismli shaxs 2012 yili moliyaviy jinoyat bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinchalik u ozodlikka chiqib, o‘zini tiklab olib, veterinariya dorixonasini ochgan. Lekin oradan bir muddat o‘tib, o‘z muassasasida plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berish bilan shug‘ullana boshlagan.

Jumladan, Omon ismli erkakning plastik kartasidan 13 mln so‘mdan ortiq pulni yechib olib, 9.75 mln so‘m naqd bergan. Lekin qolgan pullarni uzoq muddat qaytarishni istamagan. Bundan jahli chiqqan erkak dorixonachi ustidan tegishli idoralarga arz qilgan.
Qo‘lga olingan firibgar tergov qilingach, u boshqa fuqarolarni ham shu yo‘l bilan aldab pul ishlagani aniqlandi.

Top