10:09 / 30.12.2015
3942

Eron Hurmuz ko‘rfazida, AQSh aviatashuvchisi yaqinida raketa sinovlarini o‘tkazdi

Eron Hurmuz ko‘rfazida sinov raketalarini uchirgan paytda u yerdan Fors ko‘rfazi tomon AQShning “Harri Trumen” aviatashuvchisi o‘tayotgan edi. Bu haqda AQSh harbiylarining so‘zlariga tayangan holda NBC News xabar bermoqda.

Aytilishicha, Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi atalmish bo‘linmasi AQSh harbiy kemasidan taxminan 1.4 km uzoqlikda raketa mashqlarini o‘tkaza boshlagan. O‘sha hududda Fransiya fregati, AQShning Buckley eskadrilya mina tashuvchisi va tijoriy kemalar turgan edi.

Bu kemalar xalqaro dengiz yo‘lagida turgan pallada Eron harbiylari sinovlar boshlanishini xabar qilgan. Ogohlantirishdan so‘ngra bir nechta boshqarilmaydigan raketa uchirilgan.

Raketalar ko‘rfazning kemalar joylashgan hududiga teskari tomoniga uchirilgan, ya'ni Eron boshqa davlatlarning dengiz transportlarini nishonga olmagani tayin.
Shunga qaramay, AQSh bu mashqlarni “o‘ta provokatsion va xavfli” deb baholadi.

Top