18:13 / 30.12.2015
3404

Filippinlik rohib cherkov ibodatini xoverbord ustida o‘tkazdi

Filippinda joylashgan cherkovlardan birining rohibi messa marosimini xoverbord ustida turib o‘tkazdi. Voqea aks etgan videolavha internetda joylashdi.

Cherkovda diniy qo‘shiqlar aytilayotgan paytda rohib xoverbord ustida turib sekinlik bilan ibodatga tashrif buyurganlar qatorlari orasidan o‘tib borgan. Cherkov ahli bu g‘oyani iliq kutib olgan, shu bois ibodat davomida bir necha bor olqishlar yangragan.

Ammo bu harakatlar San-Pablo yeparxiyasining noroziliklariga sabab bo‘lgan. Yeparxiya rasmiylarining fikricha, rohib shu yo‘l bilan o‘ziga diqqat qaratishga intilgan. Ayni paytda u vaqtinchalik cherkovdan chetlashtirilgan.

Top