12:25 / 30.12.2015
4628

Forbes 2015 yilning eng yomon bosh direktorlari reytingini tuzdi

Forbes jurnali AQSh biznes maktablarining ko‘zga ko‘ringan uch professori bilan hamkorlikda 2015 yilning eng yomon 10 bosh direktorining reytingini tuzib chiqdi. Material nashrning saytida chop etildi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinda Turing Pharmaceuticals’ning sobiq rahbari Martin Shkreli turibdi. Uning kompaniyasi 2015 yil avgustida Daraprim dori vositasini ishlab chiqarishga patent oldi. Bu farmatsevtik vosita 60 yildan buyon toskoplazmozni davolashda qo‘llanadi; kompaniya uning narxini 55 barobarga oshirib yubordi.

Biznesmen bu qarorni olingan mablag‘ni yangi dori vositasi ishlanmalariga yo‘naltirish maqsadi bilan tushuntirdi. Dekabr oyida AQSh Federal qidiruv byurosi Shkrelini qimmatbaho qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarlikda aybladi, shundan so‘ng u kompaniya boshqaruvi tepasidan ketdi.

Keyingi o‘rinda Volkswagen bosh direktori Martin Vinterkorn turibdi. Uning iste'fosi dizel janjali bilan bog‘liq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, AQSh hukumati korporatsiyaning mashinalarida ekologik tozalik ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri ishlashini, aslida transportlar ob-havoga ko‘rsatilganidan ko‘proq zarar keltirishini aniqlashdi. 23 sentabr kuni Vinterkorn iste'fo berdi, ammo, javobgarlikni zimmasiga olish bilan birga, qonunbuzarlikni tan olmadi.

Yahoo bosh direktori Marissa Meyyers ilgari Google’ning superyulduzi hisoblangan. U Yahoo qiyin kunlarni boshidan kechirayotganida kompaniya boshiga keldi, ammo endilikda uning asosiy biznesi nol qiymatga ega bo‘lib turibdi.
Ro‘yxatga, shuningdek, Tinder uchrashuvlar ilovasi asoschilaridan biri Shon Red kirdi. U Match Group aksiyalarining birjaga joylashtirilishi kuni Evening Standard gazetasiga bergan intervyusida jinsiy hayoti haqida ochiq gapirdi, uning so‘zlariga ko‘plab muhokamalarni keltirib chiqardi.

O‘nlikka Valeant farmatsevtik kompaniyasi rahbari Maykl Pirson, Pertobras neft-gaz korporatsiyasi rahbari Mariya das Grasas Foster, xavfsizlik yostiqlari ishlab chiqaruvchi Takata kompaniyasi bosh direktori Sigexisa Takadu, United Continental aviakompaniyasi boshlig‘i Jyeffri Smisek, Dole Food oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Devid Myordok hamda qon tahlili yordamida tashxis qo‘yish borasida innovatsion metodikalarni ishlab chiqaruvchi Theranos firmasi direktori Elizabet Xolms kiritildi.

Forbes mualliflaririning ta'kidlashicha, tilga olingan top-menejyerlarning to‘rt nafari o‘z mansablarini tark etgan.“Qolganlari o‘z mansablarida qoldi, biror ishni noto‘g‘ri qilganini tan olishmadi, lekin ularning harakatlari ulkan muammolarni keltirib chiqargani shubhasiz fatdir”, - deb xulosa qilinadi materialda.

Eldor Asanov tayyorladi

Top