08:50 / 30.12.2015
2669

Fransiya qalbaki Suriya pasportlari sababli YeIni hujjatlarni tekshirishni qat'iylashtirishga chaqirdi

Fransiya Yevropa Ittifoqini Yevropaga tushmoqchi bo‘lgan odamlar tomonidan qo‘llanayotgan qalbaki Suriya pasportlarini aniqlash tizimini yaxshilashga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Fransiyaning bu taklifi Parijdagi teraktlarda ishtirok etgan ikki nafar terrorchi-xudkushda shunday qalbaqi pasportlar topilgani bilan bog‘langan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyov Yevrokomissiyaga yo‘llagan maktubida YeIni tashqi chegaralarda, ayniqsa Gretsiya va Italiyada hujjatlarni tekshirishda ishlatiladigan qurilmalarni yaxshilash yo‘li bilan xavfsizlikni kuchaytirishga chaqirdi.

Fransiya IIVdagi manba vazirlik ushbu iltimosning 2016 yil yanvaridayoq ko‘rib chiqilishiga umid bildirayotganini aytdi.

Top