08:59 / 30.12.2015
3701

Janubiy Koreya bilan munosabatlarga javob bergan Shimoliy Koreya partiyasining a'zosi avtohalokatda halok bo‘ldi

Janubiy Koreya bilan munosabatlarga javob bergan va Seul bilan muzokaralarda ishtirok etgan, Shimoliy Koreya partiyasining a'zosi Kim Yan Gon 2015 yil 29 dekabrda avtohalokatda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligiga (KMTA) iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi.

Kim Yan Gon 73 yoshda bo‘lgan. Qolgan tafsilotlar berilmagan.

Dekabrda Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida Keson qo‘shma sanoat hududida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Shimoliy Koreya muzokaralar natijalariga ko‘ra biror bir kelishuvga kelinmagani uchun Janubiy Koreyani ayblagandi.

Top