18:12 / 30.12.2015
4201

Qorbo‘ronlari tufayli Istanbul aeroportida Turkish Airlines`ning 142ta reysi bekor qilindi

Istanbul aeroportida kuchli qorbo‘ronlari tufayli Turkish Airlines aviakompaniyasining 142ta reysi bekor qilindi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, kompaniya yaqin vaqtlar ichida noqulay havo sharoitlari tufayli yana o‘nlab reyslar bekor qilinishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgan.

Shu vaqtgacha bekor qilingan reyslar qatorida Gamburg, Myunxen, Milan va Tehron shaharlari yo‘nalishidagi reyslar bor.

Istanbul shahri hukumati tomonidan qorbo‘ronlariga qarshi kurashga minglab qor tozalovchi mashinalar jalb qilingan.

Top