09:26 / 30.12.2015
40959

Ravon Nexia salonining ilk fotosuratlari e'lon qilindi

Ravon Nexia R3 avtomobillari Rossiya bozorida 2016 yilning aprelidan sotuvga chiqadi.

Bu avtomobil 5ta komplektatsiyada sotilishi bildirilgan. Ularning xususiyatlari haqida to‘liq tafsilotlar hozircha ma'lum emas. Ravon Nexia (Aveo T250) 1,5 litrli «Yevro-5» ekotoifasidagi dvigatel bilan jihozlanishi aytilgan.

Motor ham besh bosqichli mexanik uzatish qutisi, ham olti bosqichli avtomatga ega bo‘ladi.

Kolesa.ru nashri ma'lumotiga ko‘ra, yangi Nexia’ning narxi 379 mingdan 529 ming rublgacha (taxminan 5600-7800 dollar) bo‘ladi.

Biroz oldinroq, tarmoqda Andijon shahri ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilayotgan Ravon Nexia suratlari paydo bo‘lgandi.

Rebrending: Ravon Rossiya bozorlarida

Ravon avtomobillari narxi e'lon qilindi

Yangi Ravon Nexia komplektatsiyalari haqida ma'lumotlar oshkor bo‘ldi

Top