19:55 / 30.12.2015
10577

Ronaldo Kapelloning tanqidiga javob qaytardi

"Real" jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo biroz oldinroq italiyalik mutaxassis Fabio Kapello tomonidan o‘zi haqida bildirilgan tanqidiy fikrlarni e'tiborsiz qoldirishni istamadi.

Bundan oldinroq, Fabio Kapello "So‘yloqtish" laqabi bilan tanilgan ushbu sobiq futbolchini o‘z vaqtida "Real" jamoasining ichki muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlab o‘tgandi. U Ronaldo ketgach, "Real"ning ishlari yaxshilana boshlagani haqida aytgandi.

2006 yilda Ronaldo Madridni tark etib, "Milan"ga o‘tgach, "Real" Kapello boshqaruvida Ispaniya chempioni bo‘lgandi.

Ronaldo esa unga javoban, bu murabbiy o‘tgan asrning 90-yillaridagi uslublarni jamoaga singdirmoqchi bo‘lganini, shuning uchun ikki tomon kelisha olmaganini aytgan.

"Kapello o‘z vaqtida kuchli murabbiy edi. U 90-yillarda eng yaxshilardan biri bo‘lgan. Lekin u "Real"ga kelib eskirgan usullarni qo‘llamoqchi bo‘ldi. U futbolchilarda o‘yinga ishtiyoq uyg‘ota olmasdi. Afsus, u o‘z usullariga sodiq qoldi va 2007 yildan keyin bironta jamoa bilan yutuqlarga erisha olmadi", deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Folha nashri.

Kapello: Ronaldo ketgach, «Real»ning ishlari yaxshilana boshlagandi

Top