14:41 / 30.12.2015
4748

Saudiya Arabistoni va Yaman chegarasida Bahrayn samolyoti qulab tushdi

Bahrayn Harbiy havo kuchlariga tegishli F-16 rusumli qiruvchi samolyoti Saudiya Arabistonining Yaman bilan chegarasi yaqinida qulab tushgan. Bu haqda Yaman hududidagi husiychilarga qarshi kurash olib borayotgan Arab koalitsiyasi vakili xabar qilgan.

SPA axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, samolyot Jizon shahri yaqinida halokatga uchragan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisa texnik nosozlik tufayli ro‘y bergan.

Bahrayn TIV rahbari Xolid ibn Ahmad ibn Xalifa bergan ma'lumotga ko‘ra uchuvchi omon qolgan.

Top