19:39 / 30.12.2015
12960

Shvetsiya osmonida bo‘ri shaklida aks etgan shimol yog‘dusi surati internetda ommalashib ketdi

Havaskor fotosuratchi Marya-Terttu Karlsson tungi osmonda ulkan bo‘ri shaklida namoyon bo‘lgan shimoliy yog‘duni suratga oldi. Ayol bu suratni Shvetsiya shimolidagi Payala qishlog‘i yaqinida oldi.

Suratda hamla qilishga tayyorlanayotgan bo‘rining aksini ko‘rish mumkin. U go‘yoki o‘ljasiga sakrashdan oldin tayyorlanayotgan bo‘riga o‘xshab, butun vujudini mujassamlab turganga o‘xshaydi.

Ushbu surat internetning Shvetsiya va Finlyandiyadagi qismida tezda tarqalib ketdi. Bu davlatlar aholisi aynan shunday tabiat ko‘rinishlari sababli qadimda osmonda yashovchi ulkan hayvonlar haqida afsonalar paydo bo‘lganini muhokama qilishni boshlashdi. Ba'zi so‘zamollar ushbu “bo‘rini” Shvetsiyaning “Baskervillar iti” (izquvar Sherlok Xolms haqidagi hikoyalardan biridagi it) deb atashdi.

Mavzuga oid
Top