14:51 / 30.12.2015
3246

Tibo Kurtua "Real"ga o‘tmoqchiligini bildirdi

"Chelsi" jamoasining belgiyalik darvozaboni Angliyani tark etib, Ispaniyaga, Madridning "Real" jamoasi tarkibiga borib qo‘shilish niyatida ekanini bildirgan. Bu haqda OK Diario nashri xabar tarqatdi.

Manbaning "Real" jamoasi rahbariyatidagi shaxslardan biriga asoslanib xabar qilishicha, Kurtua Madridga qaytmoqchi. Lekin bu safar "Atletiko" safida emas "Real" safida o‘ynamoqchi. Manbaning aytishicha, bu yosh futbolchi hali "matraschilar" safida bo‘lgan vaqtidaligidayoq qirollik jamoasida o‘ynashni orzu qilgan.

Qayd etish kerakki, "Real" jamoasi Angliyadagi boshqa bir mahoratli darvozabonlardan biri, "Manchester Yunayted"ning ispaniyalik darvozaboni David de Xea bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan. Xabarda aytilishicha, jamoa har ikki darvozabonni ham transfer qilib, ayni vaqtdagi darvozaboni Keylor Navas bilan hamkorlikni bekor qilishi mumkin.

Top