20:12 / 30.12.2015
7586

Vitaliy Denisov Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Moskvaning "Lokomotiv" klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Turkiyaning "Trabzonspor" jamoasi qiziqishlari doirasida turibdi. Bu haqda Milliyet nashri xabar tarqatdi.

28 yoshli bu futbolchi joriy mavsumda "Lokomotiv" safida 18ta o‘yinda maydonga tushgan.

"Trabzonspor" esa ayni vaqtda Turkiya Superligasida 17 turdan keyin to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan. Bu jamoa safida ayni vaqtda Oskar Kardosa, Dame N`Doyye, Marko Marin, Stefan Mbia, Kevin Konstant kabi mashhur futbolchilar ham to‘p surishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar vaqtida ham turklar jamoasining ushbu futbolchini sotib olish niyatida ekani haqida xabar berilgandi.

«Trabzonspor» Vitaliy Denisovga qiziqish bildirmoqda

Top