19:15 / 31.12.2015
2815

Bild nashri Gerd Myullerni Germaniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topdi

Bild nashri 2015 yil yakunida Germaniya tarixidagi eng yaxshi 100 nafar futbolchi ro‘yxatini tuzdi.

Nashr talqiniga ko‘ra, GFR terma jamoasi bilan Jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan sobiq futbolchi Gerd Myuller Germaniya tarixidagi eng zo‘r futbolchi sifatida tan olingan.
U ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda qayd etilgan Frants Bekkenbaeur hamda Uve Zeyelerni kichik farq bilan ortda qoldirgan.

Ayni vaqtda ham futbolchilik faoliyatini yuritayotgan Tomas Myuller esa yettinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, bu ro‘yxatda "Latsio" a'zosi Miroslav Kloze (10 o‘rin), "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyyer (11 o‘rin) ham yuqori o‘rinlardan joy olgan.

"Borussiya D" yarim himoyachisi Marko Roys esa 96 o‘rinda qolgan.

Bu ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Top