11:38 / 31.12.2015
8228

Dovudo‘g‘lu: Rossiya Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritib, Yevropa Ittifoqi yo‘lidan bormoqda

Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu NTV telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Turkiyaga nisbatan kiritgan maxsus iqtisodiy choralari turk iqtisodiyotiga hali salbiy ta'sir ko‘rsatmaganini, biroq istiqbolda ikkala tomonga ham ziyon yetkazishini aytdi.

“Agar samolyot urib tushirilgandan keyin rubl kursi va turk lirasining pasayishi va bu inqirozning ikki davlat iqtisodiyotiga ta'sirini taqqoslasak, unda biz salbiy oqibatlarga ega bo‘lmadik. Biz sayyohlik va agrar tarmoqlarimizni himoya qilish bo‘yicha choralarni ko‘rdik, ularni yangi bozorlarga yo‘naltiramiz, tadbirkorlarimizga yordam bermoqdamiz”, deb aytdi Ahmet Dovudo‘g‘lu.

Dovudo‘g‘lu Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan shikoyat qilayotgan Rossiya endi o‘zi “uning yo‘lidan ketayotganini” aytdi.

“Turkiya va Rossiya bir-biriga kerak davlat. Bunday vaziyatlarda ikkala tomonga ham ziyon yetadi”, deb ta'kidlamoqda Ahmet Dovudo‘g‘lu.

Dovudo‘g‘lu Rossiyadan teranlik saqlab, Rossiya-Turkiya inqirozidan chiqish kerakligini anglashini kutayotgani qo‘shimcha qildi.

Top