12:46 / 31.12.2015
4344

Si Tszinpin askarlarning Xitoy armiyasini isloh qilish bo‘yicha bildirgan takliflarini tingladi va yozib oldi

Xitoy harbiy boshqarmasi mamlakat armiyasining isloh qilinishi bo‘yicha keng ko‘lamli maslahatlashuv tashkil qildi. Unda Xitoy rahbari Si Tszinpin ham ishtirok etdi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, Xitoy rahbari oldingi qatordagi harbiylar bilan gaplashgan va ularning takliflarini yozib olgan.

Nashrda qayd etilishicha, Si Tszinpin "har bir taklifni jon qulog‘i bilan eshitgan" va "barcha o‘zgarishlarga bosh-qosh bo‘lishi"ni bildirgan.

Yana qo‘shimcha qilinishicha, yig‘ilishda ishtirok etgan harbiylar muhokamada qizg‘in ishtirok etishgan.

Si Tszinpin Xitoyning xalqaro maydonda ba'zi muammolarga duch kelayotgani tufayli (xususan Janubiy Xitoy dengizida) harbiy sohani modernizatsiya qilish zarurati bilan to‘qnashganini qayd etgan.

Bundan oldinroq, Butunxitoy xalq vakillari kengashi (BXVK) Doimiy qo‘mitasi Xitoy tarixida birinchi marta terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni imzolagani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Top