09:09 / 31.12.2015
3195

Suriyaning Qamishli shahrida ikkita terakt oqibatida 10 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Suriyaning Qamishli shahrida assuriylar yashaydigan mavzeda ikkita portlovchi qurilmaning portlatilishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi, deb xabar bermoqda “Sutoru” assuriy isyonchilar guruhidagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Bombalar “Mayami” va “Gabriel” restoranlarida portladi. Birinchisidan biz kamida 10 nafar jasad va 18 ga yaqin yaradorni olib chiqdik. Ikkinchi restoranda nima bo‘layotganini hozircha bilmaymiz, biroq o‘nlab jarohatlanganlar bor”, deb aytdi manba.

Avvalroq boshqa bir terakt haqida ma'lum qilingandi: Xoms shahri markazidagi shifoxona oldida terrorchilar minalashtirilgan avtomobilni portlatishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohat olgan. Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top