00:18 / 01.02.2016
4632

"Chelsi" Angliya kubogining nimchorak finaliga yo‘l oldi

Angliya kubogining 1/16 final uchrashuvida "Chelsi" Angliyaning mavqei bo‘yicha 2-ligasida ishtirok etuvchi "Milton-Kins Dons"ni yirik hisobda mag‘lub etib, musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l oldi.

"Chelsi" Oskarning goli evaziga 15-daqiqada hisobni ochdi. 6 daqiqa o‘tib Darren Potter hisobni tenglashtirdi. Biroq keyin faqatgina Gus Xiddink shogirdlarigina gollar kiritdilar. Oskar 32 va 44-daqiqalarda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, tanaffusgachayoq o‘z hisobiga xet-trik yozib qo‘ydi.

55-daqiqada Eden Azar penaltini bexato amalga oshirdi, 62-daqiqada Bertran Traore "Chelsi"ning 5-to‘pini kiritib, o‘yindagi hisobga nuqta qo‘ydi.

Uchrashuvning qiziqarli jihati, "Chelsi" hujumchisi Eden Azar 32 o‘yindan beri ilk golini kiritdi. Belgiyalik futbolchi oxirgi marta 2015 yilning 3 mayida " Kristal Pelas" darvozasiga gol urgan edi.

Angliya kubogi. 1/16 final
Milton-Kins Dons – Chelsi – 1:5
Gollar: Oskar, 15 (0:1); Potter, 21 (1:1); Oskar, 32 (1:2); Oskar, 44 (1:3); Azar, 55 (1:4, pen); Traore, 62 (1:5).

Top