17:04 / 01.02.2016
2237

Independent: so‘nggi 25 yil ichida 3000 jurnalist o‘ldirildi

So‘nggi 25 yil davomida urushlar, inqiloblar, qotillik va poraxo‘rlik mavzularini yoritish bilan shug‘ullangan eng kamida 3 ming nafar jurnalist hayotiga suiiqasd qilingan, deya yozmoqda The Independent.

Jurnalistlar xalqaro federatsiyasi hisobotida keltirilishicha, jurnalistlar bilan bog‘liq vaziyat yildan-yilga yomonlashib bormoqda. Agarda 1990 1ilda 40ta qotillik qayd etilgan bo‘lsa, 2010 yildan buyon ular soni 100tadan pastlagani yo‘q. Qayd etilishicha, 155 nafar OAV xodimi o‘ldirilgan 2006 yil mazkur statistika yuritilayotgan davrdan buyon eng yomoni bo‘ldi.

Jurnalistlar xalqaro federatsiyasi bosh kotibi Entoni Bellenjyerning qayd etishicha, har o‘nta holatning bittasigina tergov qilinmoqda. Shu bois Bellenjyer qotillarni himoya qilayotgan jazosizlikni to‘xtatishga chaqirdi.

Bugunga qadar Iroq jurnalistlar uchun eng xavfli davlat bo‘lib turibdi. Ushbu mamlakatda 25 yil ichida 309 nafar OAV xodimi vafot etdi. Ikkinchi o‘rinda esa Filippin xizmat vaqtida hayotdan ko‘z yumgan 146 jurnalist bilan tilga olingan. Uchinchi o‘rinni esa Meksika (120 qotillik) band etgan.

Top