11:09 / 01.02.2016
3700

Iqtisodiy erkinlik reytingida Gongkong birinchi o‘rinni oldi

The Heritage Foundation jamg‘armasi 2016 yil uchun iqtisodiy erkinlik reytingi (2016 Index of Economic Freedom) ishlab chiqdi. Har yili taqdim qilinadigan ushbu reytingda davlatlar 100 balli shkala bo‘yicha baholanib, 5ta guruhga bo‘lib joylashtiriladi: Erkin (100-80), Nisbatan erkin (79.9-70), Mo‘'tadil erkin (69.9-60), Nisbatan erkin emas (59.9-50), Siqib qo‘yilgan (49.9-40).

Birinchi guruhga Gongkong (88.6 ball), Singapur (87.8 ball), Yangi Zelandiya (81.6 ball), Shveytsariya (81.0 ball), Avstraliya (80.3) kirdi.


O‘nlikka, shuningdek, Kanada, Chili, Irlandiya, Estoniya, Birlashgan Qirollik kirdi. Oxirgi uch o‘rinni Venesuela, Kuba, Shimoliy Koreya egalladi. Afg‘oniston, Iroq, Liviya, Lixtenshteyn, Somali, Sudan, Suriya, Yaman reytingdan o‘rin olmadi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston 166-o‘rinni egalladi. Mintaqaning boshqa davlatlari ko‘rsatgan natijalar: Turkmaniston – 174-o‘rin, Tojikiston – 149-o‘rin, Qirg‘iziston – 96-o‘rin, Qozog‘iston – 68-o‘rin.

Top