00:30 / 01.02.2016
3531

Jon Terri mavsum tugagach "Chelsi"ni tark etishini e'lon qildi

"Chelsi" futbol klubi sardori Jon Terri joriy mavsum tugagach, klubni tark etishini e'lon qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

35 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi, biroq klub unga shartnomani uzaytirishni taklif qilmaslikka qaror qildi.

Terri boshqa ingliz klubiga o‘tishni istamayotgani, biroq o‘ynashda davom etishini aytdi. Futbolchi aynan qayerda o‘z faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligini aytmadi.

Terri 1995 yildan beri "Chelsi" hisobida turadi, asosiy tarkibda esa ilk bor 1998 yilda maydonga tushgan. Futbolchi shu kungacha "Chelsi" safida 664 ta o‘yin o‘tkazib, 63 ta gol urgan.

Top